La Liga prezidenti: Ronalduning transferi A Seriyani kuchaytira olmadi

  • 14.11.2020 23:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liga prezidenti Xaver Tebas portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Real”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tishi Italiya chempionatini kuchaytirmagan, deb hisoblashini aytdi.

“Messi va Ramos boshqa klublarga o‘tsa-chi? Afsonaviy futbolchilar La Ligani tark etishlarini istamayman. Agar bu sodir bo‘lsa, biz ushbu yo‘qotishni sezdirmaslik uchun ko‘p harakat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Krishtianu Ronaldu "Real"dan ketgach, hech narsa o‘zgarmadi. Menimcha, Ronalduning transferi A Seriyani ham kuchaytirmadi. Uning kelishi deyarli sezilmadi. Neymar "PSJ"ga o‘tdi, ammo Frantsiya chempionati avvalgidek qoldi. La Liga brendi futbolchilarga bog‘liq emas”, - dedi Temas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!