
La Liga. "Real" yana bir bor "Barselona"ni taslim qildi
Ispaniya La Ligasining 30-turida “Real” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi.
Madridda kechgan bu safargi “el-klasiko” 2:1 hisobida “qirollik klubi”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Real” safida Karim Benzema (13') va Toni Kroos (28') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “Barsa”ning javob goliga Oskar Mingesa (60') mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Zinedin Zidan jamoasi hisobidagi ochkolar soni 66 taga etdi. “Real” shu tariqa La Ligada peshqadamga aylanib oldi. Kuchli uchlikdan esa “Atletiko” (66) va “Barselona” (65) joy olgan.
“Real” chempionat doirasidagi navbatdagi o‘yinni 18 aprel kuni safarda “Xetafe”ga qarshi o‘tkazadi. “Barselona” esa safarda “Atletik” mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar