
La Liga. "Sevilya" 1:1 tugagan o‘yinda 2 ta gol urdi
La Liganing 29-turida peshqadamlar qatorida borayotgan “Sevilya” “Levante” maydoniga safar qildi.
Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Dastlab 46-daqiqada Lyuk de Yong andalusiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 87-daqiqada Diego Karlos o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va “Sevilya”ni g‘alabadan mosuvo qildi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Sevilya” o‘z hisobidagi ochkolarn 51 taga etkazib olgan bo‘lsa, “Levante” 35 ochko bilan 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar