
La Liga. "Sevilya"ni mag‘lub etgan "Granada" 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Ispaniya La Ligasida 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, “Sevilya” safarda “Granada” mehmoni bo‘ldi.
O‘yin kutilmaganda andalusiyaliklarning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan yagona golni 82-daqiqada Yanxel Errera kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Granada” 10 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi, 7 ochko egasi “Sevilya” esa, 7-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar