
La Liga. Yamalning goli "Barselona"ga 3 ochko taqdim etdi
"Barselona" La Liganing 28-turida "Malorka"ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona golni Lamin Yamal urdi. 16 yoshli vinger 73-daqiqada uzoq masofadan zarba yo‘llab, hisobni ochdi.
Shu tariqa, kataloniyaliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi. "Malorka" bo‘lsa 15-pog‘onada qoldi.
"Barselona" 1:0 "Malorka"
Fikrlar