La ligada bir mavsumda eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoalar TOP-10
Ispaniya chempionatining dastlabki turlarida "Real" va "Barselona" kutilganidan ko‘proq ochko yo‘qotishdi. Oxirgi mavsumlarda mazkur ikki grand jamoa rekord darajaadagi ochkolarni to‘plab kelishayotgan edi. Biz La liga tarixida eng ko‘p ochko to‘plagan klublar o‘nligi haqida to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik.
10-11. "Barselona" 91 ochko
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi 2011/12 yilgi mavsumda chempionatda 91 ochko to‘pladi. Biroq jamoa o‘sha mavsumda kumush medallar bilan cheklangan. Aynan o‘sha mavsumdan keyin Gvardiola "ko‘k-anorranglilar"ni tark etgan edi.
10-11. "Barselona" 91 ochko
Oradan 4 yil o‘tgach shuncha ochko "Barsa"ga chempion bo‘lish uchun kifoya qildi. Shu tariqa Luis Enrike shogirdlari ketma-ket ikkinchi marta la ligada zafar quchishdi.
7-9. "Real Madrid" - 92 ochko
1996/97 yilgi mavsumda "Real" 42 o‘yinda 92 ochko to‘plab, chempion bo‘ldi. Bu natija o‘sha paytda mutloq rekord edi.
7-9. "Real Madrid" - 92 ochko
2010/11 yilgi mavsumda "Qirollik klubi" bu safar 38 o‘yinda 92 ochko to‘pladi. Afsuski ushbu ochkolar Joze Mourino boshqargan jamoaga chempionlik uchun kamlik qildi.
7-9. "Real Madrid" - 92 ochko
2014/15 yilgi mavsumda Madridliklar yana 92 ochko to‘plashdi. Eng qizig‘i bu safar ham klub ikkinchi o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘ldi.
6. "Barselona" - 94 ochko
"Real" 92 ochko bilan kumush medal olgan 2015 yilgi mavsumda "Barselona" 2 ochko ko‘p jamg‘argan holda oltin medallarga ega chiqqan edi. Bu Luis Enrikening ilk chempionligi edi.
4-5. "Real Madrid" - 96 ochko
2009/10 yilgi mavsumda bechora "Real" 96 ochko bilan ham chempion bo‘la olmagan holda, bu boradaa o‘ziga xos antirekord o‘rnatgan. Pelegrini shogirdlariga 1-o‘rinni egallash uchun 3 ochko kamlik qilgandi.
4-5. "Barselona" - 96 ochko
Oradan bir yil o‘tgach Kataloniyaliklar aynan 96 ochko bilan chempionlik shoxsupasiga ko‘tarilishgan. Biroq bu hali "Barsa" uchun rekord natija emas edi.
3. "Barselona" - 99 ochko
"Real" 96 ochko bilan 2-o‘rinni egallagan 2009/10 yilgi mavsumda shoxsupaga "Barselona" ko‘tarilgan. Kataloniyaliklar o‘shanda 99 ochko jamg‘arishgan.
1-2. "Real Madrid" - 100 ochko
2011/12 yilgi mavsumda Joze Mourino boshqaruvidagi Madridning "Real" klubi asosiy taqibchisi "Barselona"ni 9 ochko ortda qoldirib chempion bo‘ldi. Ahamiyatli jihati "galaktikos" La ligada 100 ochko to‘plagan ilk jamoaga aylangan edi.
1-2. "Barselona" - 100 ochko
Oradan bir yil o‘tgach Kataloniyaning "Barselona" jamoasi ana shu rekordni takrorladi. "Ko‘k anorranglilar" o‘sha mavsumda Mourinoning "Real"ini 15 ochkoga orqada qoldirishgandi.
Furqat Yusupov tayyorladi

Fikrlar