Lamin Yamalning otasini pichoqlaganlar ushlandi, ular nega bunday qildi?

  • 15 avgust, 2024, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yulduzi lamin Yamalning otasi Munir Nasraui noma’lum shaxslar tomonidan pichoqlanganidan keyin shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, Ispaniya politsiyasi futbolchining otasiga suiqasdda gumon qilinayotgan uch kishini hisbga oldi.

Noxush voqeaning aniq tafsilotlari sir tutilayotgan bo‘lsa-da, ispan ommaviy axborot vositalari Barselona yaqinidagi Mataro shahridagi avtoturargohda Lamin Yamalning otasi va uni pichoqlaganlar o‘rtasida mojaro yuz berganini yozmoqda.

Lamin Yamal yaqinda Germaniyada o‘tkazilgan Evropa chempionatida yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatib, musobaqaning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovrinini ham qo‘lga kiritdi. Uning “Evro-2024”dagi bir goli va to‘rt assisti Ispaniyaning bosh sovringa ega chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!