Laporta "Barselona" muxlislarini xursand qiladigan gap aytdi

  • 14.01.2025 18:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning hozirgi moliyaviy holati haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi 2021-yildan boshlab moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan edi.

"Biz "Barselona"ning moliyaviy qayta tiklanishini yakunladik. Buni hech qanday improvizatsiyasiz, omadga yoki tashqi yordamga tayanmasdan amalga oshirdik. Biz qadriyatlari, prinsiplari va axloqi bor klubmiz. "Barselona" oddiy klubdan ko‘ra ko‘proqdir", — dedi Laporta matbuot anjumanida.

19-turdan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 38 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinni egallab turishmoqda.

"Barsa"ning navbatdagi o‘yini 15-yanvar kuni "Betis"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!