
Laporta Flik haqidagi savolga javob berdi
"Barselona" jamoasining prezidenti Joan Laporta jamoaning yangi ustozidan kutayotgan natijalar haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Blaugrana" bosh murabbiy Xansi Flik boshchiligida La Liga yangi mavsumining dastlabki to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi.
- Biz Flikdan professionallikni talab qilamiz. Shundagina u jamoaga yoqaigadigan futbolni taklif qiladn murabbiy bo‘ladi. Biz hamma narsaga rozimiz va u maqsadlarimizga erishish uchun zamin yaratadi. Sovrinlar haqida aniq bir nima deya olmaymiz, - dedi "Barselona" prezidenti Joan Laporta.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumdagi omadsizlikdan so‘ng Xavi jamoa murabbiyligidan ketdi va uning o‘rniga germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flikjamoa ustozi lavozimiga tayinlangan edi.
Fikrlar