Laporta "Real"dan buni kutmagandi

  • 18.05.2022 01:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Joan Laporta "Barselona"ning kelasi mavsum uchun maqsadlari haqida fikr bildirdi. 

"Bizda barcha turnirlarda g‘alaba uchun kurashadigan jamoa bo‘lishi lozim. Chempionlar ligasi? Albatta. 

Ushbu mavsum La Ligada g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. So‘nggi turlarda "Real" ochko yo‘qotishini kutgandim, lekin ular barqaror o‘yin ko‘rsatdi. 

Biz etarlicha bosim o‘tkaza olmadik. Sababi, biroz kontsentratsiya yo‘qotdik", - dedi "Barselona" prezidenti. 

Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" joriy mavsum La Ligada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va EChL va Ispaniya superkubogida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!