Laporta: "Sport direktori Deku bu transfer bo‘yicha katta ish qildi"

  • 13.07.2026 15:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Borussiya» vingeri Karim Adeyemining kataloniyaliklar safiga qo‘shilishi arafasida ekanini ma’lum qildi.

«Biz juda xursandmiz. U ancha vaqtdan beri kuzatib kelayotgan futbolchimiz. Adeemi juda tezkor, juda yaxshi o‘yinchi. Sport direktori Deku bu transfer bo‘yicha katta ish qildi», – dedi Laporta.

Uning ta’kidlashicha, Entoni Gordon va Adeyemi transferlari fonida klub Rafinya bilan xayrlashishni rejalashtirayotgani yo‘q: «Biz Rafinyaning ketishini istamaymiz. U bizning uchun asosiy o‘yinchi. Gordon va Adeyemini olish Rafinya bilan bog‘liq emas. Bu Rafa ketadi, degani emas», – deya qo‘shimcha qildi «Barsa» prezidenti.

Laporta shuningdek hujumchi Ferran Torresning PSJga o‘tishi ehtimoli haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Hozircha buni tasdiqlay olmaymiz. U hali ham «Barsa» futbolchisi va jahon chempionatida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda», – dedi Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!