"Latsio" bosh murabbiyi "Jenoa" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 34-turida "Latsio" o‘z maydonida "Jenoa"ni qabul qilib, 4:3 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida rimliklar ustozi Simone Inzagi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: 

Tecno

"Yigitlar juda yaxshi holatda edi. 80 daqiqa juda yaxshi o‘yin namoyish etdik. 4 tadan ham ko‘p gol urish imkoniyatimiz bor edi. 11 ta uy uchrashuvida ketma-ket g‘alaba qozonib, rekord o‘rnatdik. Ushbu futbolchilarni boshqarayotganimdan faxrlanaman. Mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlamoqchimiz. 

Biz juda ham qiyin raqibga duch keldik. "Jenoa" tarkibida juda ko‘plab ajoyib futbolchilar bor va ularga qarshi harakat qilish qiyin. Biz g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdik", - dedi Inzagi. 

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan klubga qarshi bahsdagi g‘alaba orqali "Latsio" hisobidagi ochkolar 64 taga etdi va ular 6-o‘rinda bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!