"Latsio" etakchisi bir oyga safdan chiqdi
Rimning “Latsio” klubi sardori Senad Lulich yaqin orada jamoasiga yordam berolmaydi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 34 yoshli futbolchi chap oyoq tovonidan operatsiya qilinadi. Shifokorlar esa uning taxminan bir oy maydonga tusholmasligini aytishmoqda.
Ma’lumot uchun, Lulich joriy mavsum “Latsio” safida jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Rimliklar ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida “Inter” va “Yuventus”dan so‘ng 3-o‘rinda borishmoqda.



Fikrlar