"Latsio" etakchisi "Napoli" "nishonida"

  • 23.08.2019 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Latsio" klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich mavsumni A Seriyaning boshqa bir jamoasida boshlashi mumkin.

Tecno

Calciomercato klubi nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli serbiyalik futbolchiga "Napoli" jiddiy qiziqib qolgan. Neapolliklar uni keyinchalik 60 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan 15 million evroga 1 yilga ijaraga olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Milinkovich-Savich o‘tgan mavsum “Latsio” safida 41ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transfer narxi esa 65 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!