"Latsio" Indzagi bilan kelishuvga erishdi

  • 20 may, 2020, 16:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Latsio” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Daniele Longo xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 44 yoshli mutaxassisning rimliklar bilan imzolaydigan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan bo‘ladi. Yangi kelishuvga ko‘ra Indzagining yillik maoshi 3 mln evroga etadi. Bundan tashqari u jamoaning erishadigan natijalariga qarab qo‘shimcha bonuslar ham olishi mumkin.

“Latsio” ayni damda A Seriyada peshqadam “Yuventus”dan bor yo‘g‘i 1 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!