"Latsio"ning 2 nafar etakchisi "Zenit"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi

  • 3 noyabr, 2020, 23:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Latsio" forvardi Chiro Immobile ertaga "Zenit"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL guruh bosqich 3-tur bellashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Bundan tashqari, rimliklarning asosiy yarim himoyachisi Lukas Leyva noma’lum sabablarga ko‘ra, jamoa bilan birga Sankt-Peterburgga uchib ketmagan.

Xabarlarga qaraganda, UEFA ushbu ikki futbolchiga yaqindagina koronavirus bilan og‘rigani uchun ushbu uchrashuvda ishtirok etishiga ruxsat bermagan.

"Zenit" - "Latsio" bahsi 4 noyabr kuni "Gazprom Arena"da Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!