Lautaro "Inter"da qolmoqchimi?

  • 15 mart, 2021, 16:32
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines milanliklar bilan yangi shartnoma imzolashiga umid qilmoqda. Ayni damda "neradzurrilar" moliyaviy qiyinchilikka uchragan, biroq argentinalik forvard bitim uzaytirilishiga ishonmoqda. 

"Yangi shartnoma? Biz uning ustida ishlamoqdamiz. "Inter"da hozir moliyaviy ahvol bilan bog‘liq muammolar bor, lekin men xotirjamman, chunki kelishuvga erishishimizga ishonaman", - dedi futbolchi.

Lautaro joriy mavsum 27ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 8ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!