
Lazizbek Mullajonov ilk bor bunday natijaga erishdi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov rossiyalik Muslim Gajimagomedov bilan ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz 2019 yilgi jahon chempioni, Tokio-2020 kumush medal sohibiga qarshi jangda 4:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, Lazizbek Mullajonov ilk bor jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritmoqda. Shuningdek, bokschimiz 50 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.
Lazizbek Mullojonov
Vazn toifasi: -92 kg
Tug‘ilgan sana: 13.05.1999
Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona viloyati
Natijalari:
Harbiylar o‘rtasida Jahon chempioni
Kattalar o‘rtasida “Stranja” xalqaro turniri g‘olib va sovrindori
Kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni
Kattalar o‘rtasida ko‘p karra O‘zbekiston chempioni
Erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medali (2023)
Fikrlar