Legionerimiz klubini o‘zgartiradi
Malayziya chempionatida o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan hamyurtimiz Sanjar Shoahmedovning faoliyatida o‘zgarish yuz beradigan bo‘lib turibdi.
Bilsangiz kerak, u mahalliy “Terenganu” safida ikki mavsumni o‘tkazdi va shu vaqt davomida bir-biridan chiroyli gollar muallifi bo‘ldi. Mavsum yakuniga kelib, Sanjarning klub bilan tuzgan shartnomasi tugadi. Albatta, “Terenganu” hamyurtimiz bilan hamkorlikni davom ettirish istagida edi. Biroq 30 yoshli legionerimiz yangi chaqiruvlarni ko‘rib chiqmoqchi.
Ayni paytda Shoahmedovga boshqa mamlakatlardan taklif bilan chiqqan klublar bor. Hozirda muzokaralar davom etyapti. O‘z navbatida, “Terenganu” jamoasi Sanjarga ikki yillik ajoyib faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.



Fikrlar