Legionerimiz xatosini tan oldi

  • 29 iyun, 2020, 20:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston chempionatining 7-turida hamyurtlarimiz to‘p surayotgan “Xo‘jand” klubi amaldagi chempion – “Istiqlol”ni qabul qildi. Ammo bu safargi to‘qnashuvda ham “Xo‘jand” mag‘lubiyatga uchradi – 1:3.

E’tiborlisi, o‘yindagi dastlabki golni mezbonlar kiritishdi, ya’ni, hamyurtimiz Sanjar Rixsiboev tomonidan hisob ochilgandi. Biroq shundan so‘ng “Istiqlol” futbolchilari uch marta javob qaytarishdi.

Ushbu bahsda “Xo‘jand” safida Ma’mur Ikromov, Siroj Hamroev va Sanjar Rixsiboev kabi o‘zbekistonlik o‘yinchilar asosiy tarkibda maydonga tushishdi.

Hozirda “Xo‘jand” klubining asosiy posboniga aylangan Ma’mur Ikromov esa ushbu o‘yindagi mag‘lubiyatning sababini quyidagicha tushuntirdi:

- Afsuski, yutqazib qo‘ydik. Lekin o‘yinni yaxshi boshlagandik va 1:0 hisobida oldinda borayotgandik. Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi. Tanaffusgacha raqib hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi golda esa biroz xatoga yo‘l qo‘ydim. Oldinga chiqib ketgan ekanman, raqib futbolchisi to‘pni ustimdan tashlab qo‘ydi, sakrasam ham qo‘lim etmadi.

Bu uchrashuvda g‘alaba qozonishni juda xohlagandik. “Istiqlol”ni yutsa bo‘ladi, ular ham bizga o‘xshagan jamoa. Lekin hakamlar “Istiqlol”ga biroz yon bosishar ekan. Masalan, O‘zbekistonda ham hakamlar etakchi klublarga biroz yon bosishadi-ku, bu erda ham shunaqa. Umuman aytganda, o‘yin davomida muvozanatni yo‘qotganimiz uchun gollarni o‘tkazib yubordik va mag‘lubiyatga uchradik, - dedi Ikromov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
29/06/2020 23:01
Togri aytgan bir xil saviya