Legionerlar Xitoyga bora olmayapti

Xabaringiz bor, COVID-19 infektsiyasi tarqagan  Xitoy ayni vaqtda mazkur virusni deyarli engib o‘tishga erishdi. Ammo Evropa va jahonning boshqa ko‘plab mamlakatlarida tarqalgan pandemiya bois ayni vaqtga qadar ham Xitoy o‘z chegaralarini ochgani yo‘q.

Aynan shu bois Xitoy chempionatida faoliyat olib boruvchi ko‘plab futbolchilar va murabbiylar chin o‘lkasiga bora olishmayapti, deya xabar tarqatdi "TMZ". Ayni vaqtda esa Xitoyda milliy chempionat uchrashuvlarini may oyidan davom ettirish rejasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, Xitoy Superligasida ishtirok etadigan "Shanxay SIPG" klubida hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradi. Birinchi ligadagi "Shenyang Urban" klubida esa Islom To‘xtaxo‘jaev faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston  milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan "Chanchun Yatay" jamoasi bosh murabbiyi sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!