Legionerlarimiz: Bugun Bangladesh kubogi yarim finalida o‘zbeklar derbisi bo‘lib o‘tadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xorijda to‘p tepayotgan ayrim legioner futbolchilarimiz bugun o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.

Bangladesh kubogi yarim final bosqichida o‘zbeklar derbisi bo‘lib o‘tadi. Javohir Sohibov, Ahrorbek O‘ktamov va Azamat Abdullaev harakat qilayotgan "Bangladesh Polis" Muzaffar Muzaffarov hamda Behruz Sadullaev to‘p tepayotgan  "Mohammedan Dakka" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. G‘olib jamoa finalga yo‘l oladi.

Shuningdek, Xojimat Erkinovning "Al-Vahda" klubi chempionat doirasida "An-Nasr" bilan bahs olib boradi. O‘yin 21:45da start oladi. Avvalroq, Erkinov jamoasi bilan kubok finalida g‘olib chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!