
Legionerlarimiz. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar asosiy futbolchisi o‘ynaydi
Bugungi sanada 3 nafar legionirimizni ichki chempionatda o‘yinlar kutib turibdi.
Saudiya Arabistoni premer-ligasi.
Bugun tunda Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Al-Hilol" - "An-Nasr" bahsi bo‘lib o‘tadi. Mehmonlar safida harakat qilayotgan Jaloloddin Masharipov ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin. O‘yin 23:55da start oladi.
BAA Pro-ligasi.
Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 23-turida Azizjon G‘aniev harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" safarda "An-Nasr" bilan bahs olib boradi. Uchrashuv start hushtagi 23:00da chalinadi.
Turkiya Superligasi.
Bugun Turkiya chempionati 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Otabek Shukurov o‘ynayotgan "Fatix Karagumruk" jamoasi "Umraniespor"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv 22:30ga mo‘ljaldlangan.
Fikrlar