Legionerlarimiz. Doston Tursunov debyut qilgan o‘yinda "Istiqlol Huziston" kambek amalga oshirdi

  • 21 fevral, 2024, 19:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron Pro ligasi 17-turidan o‘rin olgan "Istiqlol Huziston" - "Alyuminium Arak" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Tecno

Dastlab, mehmonlar ikkita gol urgan bo‘lsa, o‘yinning uchinchi choragidan istiqlolliklar faol hujum uyushtirib, kambek amalga oshirdi - 3:2.

Yaqinda "Istiqlol Huziston" a’zosiga aylangan o‘zbekistonlik futbolchi Doston Tursunov mazkur o‘yindda debyut qildi va 66-daqiqada zaxiraga olindi.

Huziston jamoasi ushbu g‘alabadan keyin turnir jadvalida 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!