Legionerlarimiz. Ibragimovning jamoasi ishonchli g‘alabaga erishdi

  • 5 avgust, 2017, 23:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Latviya chempionatida 17-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Aziz Ibragimov faoliyat olib boradigan Yurmalaning “Spartaks” jamoasi o‘z maydonida  “Riga” klubini qabul qildi.

Tecno

Hamyurtimiz 70-daqiqada zahiradan maydonga tushirildi. Bu vaqtda uning jamoasi raqib darvozasiga 2 ta golni joylab qo‘ygan edi.

Shu tariqa, “Spartaks” o‘z ochkolari sonini 28 taga etkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi. Bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan eng yaqin ta’qibchi jamoa yurmaliklardan 5 ochko kam jamg‘argan.

Latviya chempionati. 17-tur

“Spartaks” – “Riga” 2:0 (1:0, 1:0)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!