Legionerlarimiz. Krimets Shmidtning ishonchini oqlolmadi(mi)

  • 8 iyul, 2017, 18:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Hozirgina Xitoy Super ligasi 16-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlari o‘z nihoyasiga etdi. Jumladan, O‘zbekiston milliy  terma jamoasi himoyachisi Egor Krimets faoliyat olib boradigan “Beyjing Guoan” jamoasi o‘z maydonida “Guanjou Evergrand”ni qabul qildi.

O‘tgan turda, “Beyjing”ning  yangi ustozi Rojer Shmidt jamoadagi ilk o‘yinidayoq, mavsum davomida 58 daqiqa o‘ynagan hamyurtimizga ishonch bildirgani haqida xabar bergan edik.

Legionerlarimiz. “Bayer”ning sobiq ustozi kelgani zahoti Krimetsga ishonch bildirdi

Aftidan Krimetsning o‘yinlari nemis mutaxassisiga ma’qul kelmagan yoki boshqa sabab tufayli bugun bo‘lib o‘tgan “Guanjou Evergrand”ga qarshi muxim o‘yinda uni qaydnomaga ham kiritmadi.

O‘yinda esa Bruno Sorianoning dubli evaziga 2:0 hisobida “Beyjing Guoan” g‘alaba qozondi.

Xitoy Super ligasi. 16-tur

“Beyjing Guoan” – “Guanjou Evergrand” 2:0

Gollar: Bruno Soriano(1, 51).  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!