Legionerlarimiz. O‘runovning "Gohar" darvozasiga kiritgan to‘pi Eron chempionatida aprel oyining eng chiroyli goli deb topildi

  • 5 may, 2024, 21:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasining bir qancha a’zolari legionerga aylandi. 

Tecno


Musobaqada chorak finalga qadar borgan etib borgan termamiz sardori Jaloliddin Masharipov hamda Oston O‘runov turnirdan so‘ng Eron chempionatiga ko‘chib o‘tdi. Gretsiyaning "Panserakos" jamoasidan o‘z transferini sotib olgan futbolchi Tehronning "Istiqlol" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. O‘runov esa poytaxtning boshqa bir grandi - "Persepolis"ni tanladi. Bundan tashqari "Paxtakor" himoyachisi Doston Tursunov "Istiqlol Xuzeston" jamoasi a’zosiga aylandi.


Masharipov hozirga qadar Eronda 10 ta uchrashuvda qatnashdi va bitta gol hamda bitta golli uzatmani amalga oshirdi (9 ta chempionatda, bitta kubokda). Tursunov esa 8  ta o‘yinda qatnashdi. Rossiyaga ketishi kutilgan O‘runov esa hozirgacha chempionatning 8 bahsda qatnashib ikkita gol urdi. Bundan tashqari Oston kubok bahslarida ham ajoyib harakat qilmoqda. U Xazfi kubogining 2 o‘yinida maydonga tushib, bir gol va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.


"Persepolis" 7 aprel kuni "Gohar" maydoniga safar qildi va minamil hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuv taqdirini O‘runovning 28-daqiqada kiritgan yagona goli hal qildi. Ostonning ushbu kiritgan to‘pi Eron Pro Ligasida o‘tgan oyning eng chiroyli goli deb topildi.

O‘zbekiston terma jamoasi 11 iyulda "JCh-2026" doirasida "Ozodiy" stadionida Eron bilan o‘ynaydi. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan qonli jangda 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan edi. Legionerlarimiz bir qator Eron termasi futbolchilari bilan o‘ynamoqda. Pro liganing ikkinchi va uchinchi o‘rinlarida borayotgan "Persepolis" hamda "Sepaxon" o‘rtasidagi uchrashuvda O‘runovning qanotini "Sepaxon" safida Ramin Rizoyan qo‘riqladi. Ramin ko‘pchilik o‘zbekistonlik muxislarning yodida bo‘lsa kerak. Ikkala futbolchi ham terma jamoasi safidagi asosiy futbolchilar hisoblanadi. Bundan tashqari hamyurtalirmiz Alirizo Veyranvand, Husain Kanoni, Mehdi Torabi kabi futbolchilar bilan birga va qarshi harakat qilmoqda. Bu Katanets shogirdlari uchun 100 ming kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan "Ozodiy"da qo‘l kelishi aniq.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!