
Legionerlarimiz. "Selangor" "Kelanton"ni mag‘lub etdi, Umarbek Eshmurodov bir taym o‘ynadi
Malayziya chempionati 8-turidan o‘rin olgan "Selangor" - "Kelanton" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Gollar Ronni Fernandes tomonidan kiritildi. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Umarbek Eshmurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 45-daqiqada zaxiraga olindi. Bundan tashqari, 37-daqiqada sariq kartochka ham oldi.
Shu tariqa, "qizil devlar" o‘z ochkolari sonini 16 taga etkazib oldi va turnir jadvalida ikkinchi pog‘onada ketmoqda.
Fikrlar