Legionerlarimizga ishonch kamaymoqdami?

  • 9 sentabr, 2020, 23:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Xo‘jand” klubida uch nafar legionerimiz – Ma’mur Ikromov, Siroj Hamroev hamda Sanjar Rixsiboev to‘p surayotganini bilasiz. Ammo oxirgi paytlarda hamyurtlarimiz etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishyapti, deb ayta olmaymiz.

Tojikiston chempionatining 14-turida “Xo‘jand” “Istaravshan”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda esa Ikromov bilan Hamroev zaxirada qoldirildi. Rixsiboev esa ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga tushdi.

O‘tgan turda “Xo‘jand” “Fayzkand”ni 2:0 hisobida taslim qilgan uchrashuvda ham legionerlarimiz zaxirada qoldirilgandi. Bunga sabab sifatida 12-turda “Istiqlol”ga qarshi o‘yinni aytish mumkin. O‘sha uchrashuvda “Xo‘jand” 0:4 hisobida mag‘lubiyata uchragandi. Afsuski, o‘sha o‘yindan beri hamyurtlarimiz zaxirada qolib ketmoqda. Legionerlarimiz esa, bosh murabbiy Hakim Fuzaylovning yana ishonch bildirishini kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!