
Lempard boshqaruvidagi "Chelsi" yapon klubiga imkoniyatni boy berdi (video)
Yangi mavsum uchun tayyorgarlik olib borayotgan Londonning "Chelsi" klubi bugun Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar golni uzoq kutishdi va bellashuv yakunlanishiga 4 daqiqa qolganida Leandro Damio "aristokratlar" darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga g‘alaba olib keldi.
Qayd etish joiz, bugungi o‘yin Frenk Lempard uchun "Chelsi" boshqaruvidagi uchinchi bahs bo‘ldi. Bunga qadar uning qo‘l ostida "ko‘klar" "Bogemians" bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, "Sent-Patriks"ni yirik hisobda engishga erishgan edi.
"Chelsi": Kabalero — Aspilikueta (Zappakosta, 46), Zuma (Kristensen, 46), Luis, Alonso (Emerson, 46) — Jorjino (Drinkuoter, 56), Kovachich (Bakayoko, 56) — Pedro (Barkli, 46), Maunt (Pulishich, 65), Kenedi (Palmer) — Batshuayi (Jiru, 46).
Fikrlar