Lempard "Chelsi"ga nima etishmayotganini aytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi sobiq yarim himoyachisi  Frenk Lempard “aristokratlar” rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening olib borayotgan transfer siyosatini keskin tanqid ostiga oldi.

“Menimcha Konte Kostaning ketishidan va Matichning MYuga o‘tib ketganidan hafotirga tushmayapti. Albatta, bungacha bir nechta xaridlar amalga oshirildi, ammo Konte endi “Chelsi” bilan birga Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Matichning “Manchester Yunayted”ga o‘tib ketganini ko‘rish biroz achinarli. Chunki, aynan u o‘tgan mavsum Kante bilan birga jamoaning asosiy kuchiga aylangan edi. Ishonamanki, Konte rahbariyat bilan gaplashadi va o‘ziga yanada ko‘proq futbolchi kerakligini tushuntiradi. Hozir “Chelsi”ga markaziy yarim himoyachi va qanot futbolchisi kerak. O‘ylaymanki “aristokratlar” yana chempionlik poygasida ishtirok etishadi. Biroq, ular yana chempionlikni qo‘lga kiritishlari haqida gapirishga hali erta”, - deydi Lempard Daily Mail nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” kecha Angliya superkubogida hamshahari “Arsenal”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!