Lempard olib kelgan futbolchi "Chelsi"dan ketmoqchi
Chap qanot himoyachisi Ben Chiluellning "Chelsi"dagi taqdiri hamon so‘roq ostida qolmoqda.
Gap shundaki, 24 yoshli futbolchi jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Frenk Lempardning tashabbusi bilan sotib olingan edi. “Aristokratlar”ning hozirgi ustozi Tomas Tuxel esa uning xizmatlariga qiziqish bildirmayapti.
Express nashrining ma’lum qilishicha, angliyalik futbolchi aynan shu sababli, yozda jamoadan ketishni rejalashtirmoqda.
"Chelsi" Chiluellni 50 million evrodan ko‘proqqa sotib olgan edi. U joriy mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar