
Lempard o‘rnini egallashi kutilgan yana bir nomzod paydo bo‘ldi
Britaniya matbuoti yaqin orada Frenk Lempardning iste’foga chiqishini bashorat qilmoqda. Mutaxassisning ishdan bo‘shatilish ehtimoli katta.
Buning sababi bir qator muvaffaqiyatsiz natijalardir. Oxirgi o‘nta o‘yinda klub bor-yo‘g‘i bir marta g‘alaba qozondi xolos. Ayni dam "irischilar" 15 ochko jamg‘argan holda 16-o‘rinni band etgan.
Jahon chempionati uchun tanaffusdan so‘ng, "Everton" safarda "Manchester Siti" bilan bahsda durangga erishdi, ammo keyinchalik asosiy raqibi "Vulverxempton"ga yutqazib qo‘ydi. Shuningdek, kecha jamoa "Brayton"ga ham yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Matbuot bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida Ueyn Runini ko‘rmoqda. Avvalroq ushbu lavozimga Roberto Martines ham asosiy variantlardan biri sifatida aytilayotgan edi.
Fikrlar