
Lempard shogirdidan qutilish uchun narxini ikki baravar tushirdi
“Chelsi” rahbariyati Temue Bakayokoga tezroq xaridor topish maqsadida uning transfer summasini 40 million funtdan 20 millionga tushirdi.
Londonliklar o‘zlari uchun kerak bo‘lmagan futbolchilarni transfer qilish orqali klub byudjetiga moliyaviy bosimni pasaytirishni o‘ylamoqda.
Ayni paytda frantsiyalik yarim himoyachiga “Milan” qiziqish bildirmoqda. Bakayoko milanliklar safida bir mavsum ijarada o‘ynagan va uning harakatlari klub rahbariyatiga ma’qul kelgan.
Fikrlar