Lempardning jamoasi APLga chiqishga juda yaqin

  • 16 may, 2019, 03:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kecha Angliyada APLga chiqish yo‘llanmasi uchun pley-offning yarim finalidan o‘rin olgan "Derbi Kaunti" hamda "Lids" jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bahsda 2:4 hisobida g‘alaba qozongan Frenk Lempard boshchiligidagi “Derbi Kaunti” shu tariqa APLga chiqish uchun pley-offning ikkinchi finalchisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha yarim finalning dastlabkisida "Aston Villa" "Vest Bromvich" ustidan zafar quchgan edi.

"Lids" - "Derbi Kaunti" - 2:4 (1:1)

Gollar: Dallas, 24 - 1:0, Marriott, 45 - 1:1, Maunt, 46 - 1:2, Uilson, 58 - 1:3, Dallas, 62 - 2:3. Marriott, 85 - 2:4.

Ma’lumot uchun, "Derbi Kaunti" va "Aston Villa" o‘rtasidagi final uchrashuvi 27 may kuni "Uembli" stadionida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!