
"Leningradets" ustozi "Neftchi"ga yutqazganidan so‘ng: "Hozirgi davrdagi natijani bizga umuman qizig‘i yo‘q"
Ma’lumki, kecha Farg‘onaning “Neftchi” klubi Turkiyaning Antaliya shahrida Rossiya birinchi divizion ishtirokchisi – “Leningradets” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng “Leningradets” klubi bosh murabbiyi Sergey Kiryakov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
- Harakatlanish va tezlik juda yaxshi bo‘ldi. Hozirgi bosqichdagi raqib ham juda munosib ekan, - deya gap boshladi, Kiryakov - Biz bir haftaga yaqin shu erda shug‘ullanyapmiz. Yigitlar yuqori yuklamalar ta’sirida o‘yin namoyish etishdi. Raqib jamoa taklif etgan tepmni 5-10 daqiqa ichida moslashib qolgan daqiqalarda shu tempni ushlab turdik. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ikkinchi bo‘limda tashabbus bizda bo‘ldi. To‘p bilan ko‘proq muomala qildik, faqat bizga tajovuzkor harakatlar etishmadi. Golga tortadigan vaziyatlar yaratishda biroz to‘g‘ri qaror chiqara olmayapmiz. Lekin yakka kurashlarda yutqazmadik, o‘yin tempini teng ushlab turdik. Vazifa hammaga shunday qo‘yilgan edi. Barcha yigitlarni jismoniy holati hozir bir xil, 45 daqiqa harakatlana olishadi Juda munosib o‘yin bo‘ldi. Tahlil qilib chiqamiz, keyingi haftada ham shunday jismoniy tayyorgarlikni davom ettiramiz. Shu tartibda navbatdagi sparring-raqib bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.
- Raqibning darvozamizga kiritgan goli o‘yin jarayonidan kiritildimi yoki tasodifiymi?
- Ha, hamkasblarim bilan xazilona muhokama qildik, yana rekoshet holatda to‘p o‘tkazib yubordik. Menimcha, bu bu mavsumdagi birinchi gol, nazarimda. Xatto, chempionatda ham boshqa bunday gol o‘tkazmaymiz, deb o‘ylayman. Kuzgi mavsumdagi bu kabi holatlardagi o‘tkazib yuborgan gollarimiz bizni muhim ochkolardan mahrum qildi.
- Yangi himoyachining o‘yini xususida nima deya olasiz?
- Yaxshi saviyadagi o‘yinchi ekanligi ko‘rinib turibdi. Faqat jismoniy tayyorgarligi yaxshi emas, lekin boshqa futbolchilarimizda topilmaydigan ustun tomonlari xam bor ekan, xammasiga vaqt kerak. Hozirgi davrdagi natijani bizga umuman qizig‘i yo‘q. Faqat ko‘rib oldik, biz 45 daqiqa bir xil tempda harakatlana olamiz va har safar oz-ozdan qo‘shib boramiz va yigitlarning harakatlarini nazorat qilib boryapmiz.
- Yig‘inning dastlabki haftasi yakunlandi. Hozirdan xulosa qilish mumkinmi? Keyingi rejalar qanday?
- O‘tgan xaftada juda ko‘p yugurdik, yigitlar harakat qilishdi. Hech kimga e’tirozim yo‘q. Keyingi haftada ham shu yo‘nalishda ishlashda davom etamiz. Biz aniq kilometrga yugurishni belgilab olganmiz. Asta-sekinlik bilan yaxshi tempga kirib boramiz. Hujumda ham, himoyada ham bir xil harakatlanishga harakat qilamiz.
- Bu erda deyarli har kuni yomg‘ir yog‘yapti. Bu ish jarayoniga xalaqit qilmayaptimi?
- Ob-havo yomg‘irli bo‘lishiga qaramay, yaxshi sharoitlarda shug‘ullanyapmiz. Yomg‘irdan keyin 35-40 daqiqa ichida maydon ideal holatga qaytyapti. Suv to‘planib qolmaydi, ob-havo biz kutgandek emas. Lekin Sank-Peterburgdagi havodan ancha yaxshi, albatta. O‘z yo‘nalishimizda reja bo‘yicha tayyorgarlik davom etmoqda. Ob-havo xalaqit qilayotgani yo‘q, o‘ylaymanki, keyin haftada yomon bo‘lmaydi.
Fikrlar