
Leonardo PSJning yangi sport direktori bo‘ldi. U de Ligtni Parijga olib kelmoqchi
Bundan avvalroq Antero Enrike PSJ sport direktori lavozimidan ketgani haqida xabar bergan edik.
Parijliklar rasmiy saytining xabar berishicha ushbu lavozimga braziliyalik Leonardo tayinlangan. Ta’kidlash kerakki, u Frantsiya chempioni safida 2011-2013 yillarda ham xuddi shu lavozimda ishlagan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Leonardo “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligtni PSJga olib kelishga yordam berishi mumkin. Boisi, u gollandiyalik futbolchining agenti Mino Rayola bilan juda yaxshi munosabatlarda hisoblanadi.
Bundan tashqari u jamoadan ketishi kutilayotgan Adrien Raboni ham tarkibda olib qolish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Leonardoning so‘nggi ish joyi “Milan” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar