Leoning 11 metrlik nuqtadan bergan zarbalarini bartaraf etish borasida "layfhak"!

  • 19 fevral, 2022, 19:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz PSJ jamoasi a’zosi Lionel Messining penaltidan yo‘llagan zarbalari borasidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadi.

Tecno

Parij super klubi "Real"ga qarshi birinchi o‘yinda yirikroq hisobda g‘alaba qozonishi mumkin edi. Ba’zi vaziyatlarda Kurtua fantastik o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa, ayrim hollarda omad PSJga kulib boqmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtasida esa, Mbappe ishlagan penaltini Messi amalga oshirdi. 7 karra "Oltin to‘p"sohibi o‘zidan o‘ng tomonga kuchsizroq zarba yo‘lladi. Belgiyalik posbon darvozasi oldidagi xavfni bartaraf etdi. Qo‘shib berilgan daqiqalardagina Kilian Mbappe katta sahnaga chiqib, jamoasiga minimal hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Bu borada u Ronaldudan yomonroq natija qayd etgan!

Kurtua bilan dueldagi omadsizlikni qo‘shib hisoblasak, Messi professional faoliyati davomida 30 bor penaltidan gol ura olmagan. So‘nggi bor u 2021 yilning 2 may sanasida "Valensiya" darvozasini ishg‘ol etishni uddalay olmagan edi. Sillessen chap tomonga yo‘llagan kuchsizroq zarbani muammosiz olib chiqqan, yakunda bu epizod o‘yin taqdiriga ta’sir qilgandi. Eng qizig‘i shundaki, 2021 yilda Messi Keylor Navas qo‘riqlayotgan darvozaga ham "Barsa" safida gol kirita olmagan.

щ43lpщ3lpщ3l

Umuman olganda, 11 metrlik nuqtadan yo‘llangan zarbalar Messining kuchli tomoni emas, ammo argentinalik hujumchi uni amalga oshirishda davom etmoqda. Hozircha 103 bor u nishonga aniq "urdi". Umumiy hisobda zarbalarining 22,5 foizi golga aylanmagan. Solishtirish uchun Krishtianu Ronalduning statistikasiga e’tibor qaratamiz. "Krish" 172 bor to‘p yoniga kelgan va ularning 143 tasi gol bilan yakunlangan. Portugaliyalik urinishlarining 16,8 foizini yo‘qqa chiqargan. Farqni sezgan bo‘lsangiz kerak.

Shuningdek, Leo o‘zi istamagan holda EChL antirekordini takrorladi. U 5 marta futboldagi eng qulay standart vaziyatni golga aylantira olmadi. Xuddi u singari Terri Anri ham bu ko‘rsatkich borasida maqtana olmaydi. Bunisi muhim emas. Asosiysi, u faoliyati davomida ilk bor "Real" darvozasini penaltidan ishg‘ol eta olmadi. "Barselona" libosida u bu ishni 6 bor muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Bu vaziyatga qahramonimizning munosabati qanday?

"To‘g‘risi, hayronman. Terma jamoa yoki klubim safida 11 metrdan foydalana olmaganimda afsuslanaman. Doimiy penalti tepuvchi bo‘lganim bois raqib darvozabonlari meni texnikamni o‘rganadi."

Messining zarbasini qanday bartaraf etish mumkin? Darvozabonlar tavsiya qiladi!

Shu kunga qadar sayyoramizning eng kuchli futbolchisini dog‘da qoldirgan darvozabonlar vaziyatga oydinlik kiritishga urinib ko‘radi. Biz ularning fikrlaridan iqtiboslarni e’tiboringizga havola etamiz:

34okgo34kg34okg

Tibo Kurtua - zarbani qo‘li bilan qaytargan.

"Darvozabonlar uchun Messiga qarshi o‘ynash oson emas. Uning texnikasini yaxshilab o‘rgandim va uni chalg‘itishga urindim. Afsuski, bu ishning o‘zi kamlik qiladi. Asosiy faktor baribir omad!"

Keylor Navas - zarbani oyoqlari bilan qaytargan.

"Aslida, Messini qaerga zarba yo‘llashini oldindan bilishning imkoni yo‘q. U 100 bor bu ishni amalga oshirgan. Negadir, o‘sha soniyada zarbani men kutgan tomonga yo‘llashini sezdim. Hammasi ko‘ngildagidek tugadi".

34okgo34kgo

Xannes Tour Xalldoursson - islandiyalik posbon 2018 yilgi JChda Argentina sardorining zarbasini havodagi seyv evaziga bartaraf etgan.

"Darvozabonlar Messining qanday penalti tepishi borasida turli video darslar oladi. Gap shundaki, u har safar turli nuqtalarni nishonga oladi. Bu safar meni omadim keldi. Agar bir soniya kech qolganimda, to‘p darvoza to‘ridan joy olgan bo‘lar edi".

Gorka Iraisos - o‘ng pastgi burchakdan to‘pni olib chiqqan.

"Messining zarbasi boshqa futbolchilarnikidan ajralib turmaydi. Barchasi intuitsiyaga bog‘liq. Bugun shu omil menga qo‘l keldi".

Jefferson - o‘ng tomonga yo‘llangan kuchsiz zarbani chiziqdan olib chiqqan:

"Leoni qanday zarba yo‘llashini o‘rganib chiqqanman. Uni zarba yo‘llashini oxirigacha kutdim. Keyin sakradim. Shu tariqa, unga meni aldashi uchun imkon bermadim. Messi o‘zining 100 foiz imkoniyatini ishga soldi, biroq tanlagan strategiyam ish berdi".

Bundan chiqdi, biz 7 bor "oltin to‘p"ni o‘ziniki qilib olgan Messining penaltidan yo‘llagan zarbalarini posbonlar bartaraf etishi uchun formula yaratsak bo‘lar ekan-da?! Buning uchun 3 ta qoidaga rioya qilish shart!

  • So‘nggi soniyagacha kutish;
  • Yaxshi intuitsiyaga ega bo‘lish;
  • Kurtua singari Messining asabiga tegish.

Mana tayyor formula! Endi barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchi - Leo Messini duelda taslim etish imkoniyati sizda bor. Albatta, bu hazil. Shunga qaramay, har qanday hazil tagida 10 foiz haqiqat yashirin bo‘ladi.

Bu masalada "Espanol" kiperi Diego Lopes sayyoramizdagi eng kuchli mutaxassis. U naqd 2 bor Leoni duelda mag‘lubiyatga uchratgan. Birinchi bor 2008 yilda "Vilyarreal" safida bu tryukni amalga oshirgan bo‘lsa, oradan 10 yil o‘tib, "Espanol"da uni takrorlagan. Yaqinda "Marca" nashriga bergan intervyusida, unga bunday yutuqning siri nimada ekanligi haqida savol berildi. Lopes esa, sezganingizdek, bu sirni fosh etishni istamadi. Balki u Messinig 2 ta penaltisini yo‘qqa chiqargan sayyoramizning yagona darvozaboni sifatida tarixda qolishni istagandir. Yana kim biladi deysiz?!

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!