Leroy Sane yozda klubini o‘zgartirishi mumkin – unga Londondan qiziqishlar bor

  • 17.05.2025 16:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Leroy Sane joriy mavsum yakunlangandan so‘ng jamoani tark etishi mumkin. 29 yoshli vinger hanuzgacha yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmadi. Uning amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi.

"Bild" nashrining xabariga ko‘ra, Sanega London jamoalari – "Chelsi" va "Arsenal jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu ikki klub uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Leroy 2020 yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilmoqda. Joriy Bundesliga mavsumida u 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!