
Leroy Sane yubiley golini sobiq jamoasiga urdi
Xabaringiz bor kecha “Manchester Siti” Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida “Shalke”ni 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu kuni uchrashuvdagi gollarning biriga Leroy Sane mualliflik qildi. E’tiborlisi, bu 23 yoshli germaniyalik futbolchi uchun klublardagi faoliyatida kiritgan yubiley 50-gol bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, Sane ushbu gollarning 37tasini “Manchester Siti” safida, qolgan 13tasini esa “Shalke” safida kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” Saneni 2016 yil 50,5 mln evro evaziga “Shalke”dan sotib olgan edi.
Fikrlar