"Lester" Anchelotti ishonmayotgan yulduzni chorlamoqda

  • 9 oktabr, 2021, 16:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" "Real" yarim himoyachisi Iskoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Fichajes" yozmoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, "tulkilar" qishki transfer vaqtida ispaniyalik xavbekni ijaraga olmoqchi. Futbolchining o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni o‘z rejalariga kiritmayapti. 

Avvalroq, Iskoga  "Milan", "Yuventus" va "Inter" jamoalari qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Joriy mavsum 6ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!