“Lester” Klaudio Ranerini qaytarishga harakat qildimi?

  • 31.10.2017 18:39
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol

Angliyaning “Lester” klubi murabbiyi Kreyg Shekspir o‘z lavozimidan ozod etilgach jamoa rahbariyati ayni paytda “Nant”ga ustozlik qilayotgan Klaudio Ranerini ortga qaytarishga umid qildi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, italiyalik mutaxassis bu taklifni rad etdi. Eslatib o‘tamiz, Raneri “Lester”ni Angliya chempioniga aylantirgandan so‘ng, o‘tgan mavsum “tulkilar”ni tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!