
"Lester" "Tottenxem" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Lester" klubni tark etayotgan Jeyms Meddison o‘rnini "Tottenxem" vakili Xarri Vinks bilan to‘ldirmoqchi, deya xabar berdi "The Telegraph" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, "tulkilar"ning yangi bosh murabbiyi Entso Moreska 27 yoshli yarim himoyachini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi va rahbariyatdan bu transferni talab qilgan.
Vinksning "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. U so‘nggi yillarda "Tottenxem"ning zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Xarri yakuniga etgan mavsumni "Sampdoriya" tarkibida ijarada o‘tkazdi.
Fikrlar