
«Lester» «Yuventus» qiziqayotgan futbolchisiga o‘rinbosar topdi
"Lester" yozda himoyachi Timoti Kastan bilan xayrlashishi mumkin. Futbolchi xizmatiga "Yuventus" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Tulkilar" belgiyalik transferidan kamida 30 million evro ishlab olmoqchi.
"Calciomercato" nashrining xabariga ko‘ra, "Lester" 25 yoshli himoyachi o‘rnini "Keln" havbeki Ismail Yakobs bilan to‘ldirmoqchi.
Transfermarkt portali 21 yoshli Yakobsni 5 million evroga baholamoqda. Joriy mavsum futbolchi Bundesligada 16ta bahsda maydonga tushgan.
Fikrlar