
"Lester"ning 3 futbolchisida koronavirus alomatlari aniqlandi
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers jamoaning ayrim a’zolarida koronavirus alomatlari borligini ta’kidladi.
"Bizning uchta futbolchimizda koronavirus belgilari topildi. Biz kerakli tartib-qoidalarni va choralarni qo‘llayapmiz va ushbu futbolchilarni jamoaning qolgan a’zolaridan ajratib turishga majburmiz," - dedi Rojers.
Avvalroq, jamoaning qolgan futbolchilari topshirgan test natijalariga qarab, APLdagi o‘yinlari qoldirilishi ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada 459 nafar kishi koronavirus bilan kasallangan va 8 kishi vafot etgan.
Fikrlar