
"Lester"ning ertak yozishida yaqindan yordam bergan Okazaki mavsum oxirida faoliyatini yakunlaydi
Yaponiyalik futbolchi, "Lester"dagi o‘yinlari bilan tanilgan Shinji Okazaki mavsum oxirida faoliyatini yakunlaydi. 37 yoshli hujumchi ayni vaqtda Belgiya Birinchi ligasi vakili "Sent-Truyden" klubi sharafini himoya qilmoqda.
2015-2016 yilgi mavsumda Shinji "Lester"ning APL chempioni bo‘lishida katta hissa qo‘shgan. O‘sha mavsum u "tulkilar" tarkibida jami 39 bahsda 6 gol va 2 assist muallifi bo‘lgan.
Shuningdek, Okazaki Yaponiya terma jamoasi safida 119 uchrashuvda 50 gol urishni uddalagan.
Fikrlar