
Levandovski bilan endi "Yuventus" ham qiziqib qoldi
“Bavariya” forvardi Robert Levandovskiga yana bir top klub xaridor bo‘lmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli polshalik futbolchiga “Yuventus” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Gap shundaki, turinliklar Levandovskini yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Gonsalo Iguainning o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda.
Ma’lumot uchun, Levandovski “Bavariya” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U yakunlangan mavsum Bundesligada 30ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 29ta gol kiritishga erishgan va musobaqa to‘purarligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar