
Levandovski faoliyatini qaerda yakunlamoqchi ekanligini aytdi
"Bavariya" klubi forvardi Robert Levandovski faoliyatini Myunxenda yakunlashi mumkinligini aytib o‘tdi.
“Katta ehtimol bilan “Bavariya”da yana uzoq yillar qolishim mumkin. Mening o‘zim ham boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylamayman. Mening yuragimda faqat “Bavariya” bor va bu jamoada juda ham baxtliman. Shu bois faoliyatimni shu erda yakunlashim mumkin deb ayta olaman”, - deydi polshalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Levandovski “Bavariya” safiga 2014 yil Dortmundning “Borussiya” klubidan ko‘chib o‘tgan. O‘tgan davr mobaynida u jami 219ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 173ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar