O‘zbekiston muhim to‘qnashuvda Portugaliyani yenga oladimi?

  • 20.06.2026 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik mashhur futbol sharhlovchisi Georgiy Cherdantsev jahon chempionati doirasidagi Oʻzbekiston terma jamoasining navbatdagi raqibi — Portugaliyaga qarshi uchrashuv oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. 

-Holatga xolis qaraydigan boʻlsak, Oʻzbekistonning imkoniyatlari deyarli yoʻq. Ayniqsa, Portugaliya terma jamoasi tushib qolgan vaziyatni inobatga olsak bu yaqqol namoyon boʻladi.

Hozir butun dunyodagi muxlislarning eʼtibori bitta savolga qaratilgan: Ronaldu oʻz ixtiyori bilan zahirada qolishga rozi boʻladimi-yoʻqmi? 

Biz tushunamizki, bu yerda bosh murabbiy Roberto Martinesning taʼsiri deyarli sezilmaydi. Shu bois juda qiziq savol oʻrtaga chiqyapti: Ronalduning atrofida unga maydondagi oʻrnini boshqalarga boʻshatib berishi kerakligini tushuntira oladigan odam topiladimi-yoʻqmi?

Oʻzbekiston juda kuchli, yetakchi terma jamoaga qarshi oʻynaydi, tarkibida Chempionlar Ligasini yutgan futbolchilar bor va ularga faqat gʻalaba kerak. 

Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy vazifasi — maydonda oʻzini munosib koʻrsatish. Hozirgi sharoit Oʻzbekiston uchun juda noqulay: ular guruhdagi ilk uchrashuvda qimmatli ochkolarni yoʻqotib boʻlgan bosh favoritga qarshi tushib qoldi.

Portugaliya endi magʻlubiyatga yoʻl qoʻya olmaydi, chunki bu katta omadsizlik va obroʻga jiddiy dogʻ boʻladi, undan qutulish oson emas. Shuning uchun Oʻzbekiston bu oʻyinga jiddiy tayyorgarlik koʻradi, biroq durang yoki gʻalaba qayd etish imkoniyati amalda yoʻq. 

Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda boʻlgani kabi, oʻz oʻyinni koʻrsatish va ishonch bilan harakat qilish kerak, — deya taʼkidladi Georgiy Cherdantsev.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasining musobaqadagi debut uchrashuvi 1:3 hisobida yakunlandi. Shu oʻyinda yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev jamoa hisobidagi ilk gol muallifiga aylanib, Oʻzbekistonning jahon chempionatidagi gollar roʻyxatini ochdi. Portugaliya esa kutilmaganda Kongo terma jamoasini magʻlub eta olmadi — 1:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!