Levandovski FIFA prezidentining taklifiga qarshi chiqdi

  • 28.12.2021 12:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski jahon chempionatlarini har ikki yilda o‘tkazish tashabbusiga qarshi chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o‘tkazishni taklif qilmoqda.

“Men bu fikrni qo‘llab-quvvatlamayman. Biz shundoq ham ko‘p o‘yin o‘tkazyapmiz. Odatiy taqvim o‘zgargan taqdirda tanaffuslar haqida ham o‘ylash kerak.

Jahon chempionati har ikki yilda bir marta o‘tkazilsa, futbolchilarning yuqori saviyada o‘ynay oladigan davri qisqaradi. Jismoniy va psixologik nuqtai nazardan boshqacha bo‘lishi mumkin emas.

Agar siz uzoq vaqt futbol o‘ynashni istasangiz, dam olishingiz kerak”, - dedi Levandovski ESPN nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!